Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda koronavirus xavfiga yetarlicha baho berilmagani tan olindi

Qozog‘istonda koronavirus xavfiga yetarlicha baho berilmagani tan olindi

Foto: «Kapital.kz»

Qozog‘istonda koronavirus xavfi ko‘lamiga yetarli baho berilmagan, mamlakat prezidenti devoni rahbarining o‘rinbosari Dauren Abayev bunga iqror bo‘ldi.

«Koronavirus bo‘yicha vaziyat haqida ko‘p savollar kelib tushyapti. Ularning ba’zilariga aniqlik kiritmoqchiman. Bugun davlat boshqaruvining deyarli barcha bo‘g‘inlari xavf ko‘lamiga vaqtida munosib baho berilmagani haqida aniq tasavvurga ega. Javobgarlik to‘liq his etilyapti. Va, albatta, bundan kerakli xulosalar chiqariladi», — deb yozdi Abayev «Facebook»dagi sahifasida.

U xulosalar deganda shahar va hududlar yoki vazirliklar rahbarlari iste’fosini emas, balki davlat boshqaruvini tizimli qayta qurishni nazarda tutganini qo‘shimcha qildi.

Abayevning ta’kidlashicha, davlat apparati o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalardan xalos bo‘lib, ularni xususiy qo‘llarga yoki fuqarolik jamiyatiga topshirishi kerak.

«Faoliyatning ayrim huquqiy jihatlarini o‘zgartirish fursati yetdi. Masalan, favqulodda vaziyat sharoitida hokimliklar xarid rasmiyatchiliklariga ko‘milib qolib, zarur dorilarni vaqtida keltira olishmadi. Buning uchun ularni xohlagancha so‘kishimiz mumkin, ammo ertaga ular ham bu korrupsion sxema emas, balki insonlar hayotini saqlab qolishga intilish ekanini huquq organlariga isbotlab berishlari kerak-da. Bunaqa misollar ko‘p», — dedi Dauren Abayev.

Qozog‘istonda bugunga kelib koronavirusni yuqtirish holatlari jami 76 799 taga yetdi — mamlakat pandemiya eng keng tarqagan 30 mamlakat orasida! Bugunning o‘zida 1646 ta yangi holat qayd etildi, kasallikdan sog‘ayganlar 48,2 mingdan ortiq, qurbonlar soni — 610 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring