Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Qozog‘iston hukumatini iste’foga chiqardi

To‘qayev Qozog‘iston hukumatini iste’foga chiqardi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumat iste’fosi haqidagi farmonni imzoladi. Farmon Oq O‘rda saytida e’lon qilingan. 

«Qozog‘iston Respublikasi hukumati to‘g‘risida Konstitutsiyaning 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman:

1. Qozog‘iston Respublikasi hukumatining iste’fosi qabul qilinsin.

2. Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Smailov Alixan Asxanovich zimmasiga yuklansin.

3. Qozog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadilar.

4. Mazkur farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi», — deyiladi Oqorda xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring