Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston parlamenti poytaxt nomi Nursultonga o‘zgarishini ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti poytaxt nomi Nursultonga o‘zgarishini ma’qulladi

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘iston parlamenti poytaxt Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirish haqidagi taklifni ma’qulladi. Bu haqda «Tengrinews.kz» xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatning yangi saylangan rahbari Qosim-Jomart Tokayev Ostona nomini  Qozog‘iston birinchi prezidenti sharafiga Nursultonga o‘zgartirishni taklif etgandi. 

Mazkur shahar 1997-yil 10-dekabrdan rasman Qozog‘iston poytaxti hisoblanadi. Hozirda bu yerda 1 milliondan ziyod aholi yashaydi. Milloner-shahar unvoni 2017-yilda qo‘lga kiritilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring