Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qildi. Sobiq Ittifoq hududlarida bu jazo faqat bir mamlakatda saqlanib qolmoqda

Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qildi. Sobiq Ittifoq hududlarida bu jazo faqat bir mamlakatda saqlanib qolmoqda

Foto: «Reuters»

Qozog‘iston parlamenti Senati Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan o‘lim jazosini butunlay bekor qilishni yoqlab ovoz berdi. Shu tariqa sobiq Ittifoq hududlarida o‘lim jazosi bekor qilinmagan yagona mamlakat — Belarus qoldi.

Qozog‘iston Senati matbuot xizmati xabar berishicha, parlament yuqori palatasi 23-dekabr kuni «Qozog‘iston Respublikasining o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan.

Prezident Toqayev yaqinda qilgan chiqishida Qozog‘istonda o‘lim jazosi hech istisnosiz bekor qilinishi kerakligini ta’kidlagandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston 1991-yilda mustaqil bo‘lganidan buyon 536 ta o‘lim jazosi ijro etilgan. Eng so‘nggisi 2003-yilda amalga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring