Qozog‘iston gerbi o‘zgartirilishi mumkin
Qozog‘iston gerbi o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy qurultoy yig‘ilishidagi nutqida shama qilib o‘tdi.
«Mutaxassislar va manfaatdor fuqarolar, jumladan, yoshlarning Qozog‘iston gerbidagi ramzlarni tushunish qiyinligi hamda unda sovet davrining eklektikasi va belgilari borligi haqidagi asosli gaplarini inobatga olish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.
Umumiy kelishuv bo‘lsa, barcha jihatlarni mohiyatan ko‘rib chiqadigan, jamoatchilik muhokamasini o‘tkazuvchi maxsus komissiya tuzish mumkin. Keyin Qozog‘iston yangi davlat gerbining eng yaxshi chizmasini yaratish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi», – degan mamlakat prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitasi respublika bayrog‘i dizaynidagi o‘zgartirishni birinchi o‘qishda ma’qullagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter