Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston chet ellik sayyohlardan qo‘shimcha boj undirishni boshladi

Qozog‘iston chet ellik sayyohlardan qo‘shimcha boj undirishni boshladi

«Qozog‘iston» mehmonxonasi, Olmaota.

2023-yil boshidan Qozog‘istondagi mehmonxonalarga kelib joylashgan chet ellik sayyohlardan turistik yig‘im (bed tax) undirish boshlandi. Bu haqda mamlakat madaniyat va sport vazirining o‘rinbosari Yerjan Yerkinbayev bugun, 27-yanvar kuni o‘tkazilgan majlisda bayonot berdi.

«Yig‘ilgan pullar mahalliy budjetga yo‘naltiriladi. Hududlarda «sayyohlik boji» miqdorini tasdiqlash ishlari ketyapti», — dedi Yerkinbayev.

Vazir o‘rinbosari 30 ga yaqin shaharda tariflar tasdiqlanganini aytdi. Bu pullar sayyohlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi. Chet ellik sayyohlardan tushgan qo‘shimcha pullar tematik sayohatlar, axborot turlari yoki infratuzilma qurishga sarflanadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil davomida hududlar bed tax yordamida 2,5 mlrd tenge (61 mlrd so‘m atrofida) yig‘ishi mumkin ekan. To‘lovlar mahalliy budjetda qolishi uchun mehmonxonalarning kodlari bo‘yicha o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring