Qozog‘iston bug‘doy va un eksporti uchun cheklovni bekor qildi
Bugun, 14-sentyabrdan boshlab Qozog‘iston bug‘doy va un eksporti uchun kvotani bekor qildi.
Bu qaror jahon bozoridagi vaziyat barqarorlashgani va Qozog‘istonda g‘alla hosildorligi bo‘yicha yaxshi prognozlardan so‘ng qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-iyul kuni Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri buyrug‘i bilan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga va YeOII mamlakatlariga bug‘doy va bug‘doy unini olib chiqib ketish uchun cheklov joriy qilingan edi.
Qabul qilingan qarorda 8-iyuldan 30-sentyabrgacha amalda bo‘ladigan cheklovlar 550 ming tonnagacha bug‘doy doni hamda 370 ming tonnagacha bug‘doy uni eksportini istisno qilar edi.
Qozog‘iston hukumati, mazkur miqdoriy cheklovlarni respublikaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilganini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter