Qotillikda ayblanib, 48 yil «o‘tirgan» erkak oqlandi
AQSh sudi qotillikda ayblanib, 48 yil turmada o‘tirgan 71 yoshli Glin Simmonsni rasman aybsiz deb topdi.
U 1974-yilda Oklaxoma shtatining Edmont shahrida spirtli ichimliklar do‘konini tunash paytida ayolni o‘ldirganlikda ayblangan.
O‘sha paytda Simmons 22 yoshda edi.
Simmons o‘zining aybsizligini ta’kidlab, qotillik paytida u boshqa joyda bo‘lganini da’vo qilgan. 1975-yilda u o‘limga hukm qilingan, ammo keyinchalik bu jazo umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.
Sobiq mahkum davlatdan 175 ming dollargacha kompensatsiya olish huquqiga ega. Uning advokati Jo Norvudning ta’kidlashicha, kompensatsiya bir necha yil o‘tgach belgilanishi mumkin va hozir Simmons xayr-ehsonlar hisobidan yashayapti. Buning ustiga u qamoqdan chiqqanidan keyin aniqlangan saraton kasalligidan davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter