Qo‘shni davlat poytaxti qor bo‘roni ostida qoldi (foto)
Qo‘shni Qozog‘iston poytaxti – Ostona qor bilan qoplandi. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, dushanbagacha yog‘ingarchilik kutilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Ayni damda poytaxtda qor yog‘ishi davom etmoqda, sovuq shamol esmoqda. Havo harorati minus 7 daraja.
Avvalroq sinoptiklar shaharda kuchli qordan tashqari, muzlama ham bo‘lishi kutilayotgani, havo harorati kechasi va kunduzi 5-7 daraja sovuqqa tushishi haqida ogohlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter