Qorabog‘dagi dahshatli portlashda 125 kishi halok bo‘ldi
Qorabog‘dagi yoqilg‘i yuk mashinasi portlashi oqibatida kamida 125 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda hudud rasmiylariga asoslanib Sputnik Armenia xabar bermoqda.
«125 qurbonning jasadi Qorabog‘dan Armanistonga yetkazilgan, ularning shaxsini aniqlash hali boshlanmagan», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, portlashda jabrlanganlarning 67 nafari Armaniston shifoxonalarda ekanligini ma’lum qilindi. Ularning aksariyatining salomatligi o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Natijada tan olinmagan respublika taslim bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter