Qorabog‘da qancha arman millatiga mansub aholi qolgani aytildi
Ozarbayjonning Qorabog‘ hududida 50 dan 1000 nafargacha etnik armanlar qolgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda BMTning mintaqadagi so‘nggi 30 yildagi birinchi missiyasi xabar qildi.
BMT missiyasi yakshanba kuni ertalab gumanitar ehtiyojlarni baholash uchun yetib kelgan. Missiya a’zolari Xonkendining bo‘m-bo‘shligidan hayratda qolishdi, deyiladi xabarda.
Dam olish kunlari Al-Jazira telekanali tomonidan ko‘rsatilgan kadrlarda shaharning bo‘sh markaziy maydoni axlat va tashlab ketilgan bolalar aravachasi va skuterlari aks etgan.
Avvalroq Armanistonga Qorabog‘dan 100 mingdan ortiq etnik armanlar ko‘chib kelganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentyabr kuni Ozarbayjon hududda aksilterror operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Shunga qadar Qorabog‘da 120 mingdan ziyod arman aholi borligi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter