Qorabog‘ to‘liq Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi
Armaniston Ozarbayjon talablarini qabul qilib, hududdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘ldi.
Qorabog‘ mudofaa armiyasi to‘liq qurolsizlantiriladi, qurol-yarog‘ va og‘ir texnika hududdan olib tashlanadi, deb xabar bermoqda tan olinmagan respublikaning axborot shtab-kvartirasi.
Shuningdek, Armaniston armiyasi bo‘linmalari Rossiya tinchlikparvar kontingenti joylashtirilgan hududdan ham chiqib ketiladi.
21 sentyabr kuni Qorabog‘ aholisi turmush tarzini ta’minlash masalasida Ozarbayjon hukumati bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «aksilterror» operatsiyasi natijasida Qorabog‘da 27 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter