Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloqqa ko‘chib kelganlarga 60 ming dollardan pul beriladi — Shveysariya

Qishloqqa ko‘chib kelganlarga 60 ming dollardan pul beriladi — Shveysariya

Foto: Shutterstock.

Shveysariyadagi qishloq ma’muriyati yashash uchun bu yerga ko‘chib kelganlarga 60 ming dollar to‘lashga va’da bermoqda, deb yozadi Daily Mail. Rasmiylar shu yo‘l bilan aholi sonining kamayishini to‘xtata olishiga umid qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, dastur Alp tog‘larida, 1300 metr balandlikda joylashgan Albinen qishlog‘iga nisbatan qo‘llaniladi. U asta-sekin yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida, chunki barcha mahalliy aholi Shveysariyaning boshqa yirik shaharlariga ketishni boshlagan.

2020 yil oxirida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilganda qishloqda bor-yo‘g‘i 243 nafar aholi istiqomat qilgan, hozir bu ko‘rsatkich bundan ham kamroq.

Biroq, pulni olish uchun siz bir qator talablarga javob berishingiz kerak. Dasturda faqat 45 yoshdan kichik fuqarolar qatnashishi mumkin, Shveysariya fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnoma ham talab qilinadi.

Bundan tashqari, ko‘chiruvchilar qishloqda kamida 216 ming dollarlik uy qurishlari va Albinenda 10 yil yashashlari kerak, aks holda to‘lovni qaytarish kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring