Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolichani kim xafa qildi?

Qirolichani kim xafa qildi?

Foto: «Zen.yandex.com»

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi nevarasi shahzoda Garri va uning turmush o‘tog‘i Megan Marklning moliyaviy imtiyozlardan bosh tortib, mustaqil hayot kechirishi haqidagi rejalaridan ranjidi, deb yozadi «Sun» gazetasi.

Kuni kecha shahzoda Garri va turmush o‘rtog‘i, amerikalik sobiq aktrisa Megan Markl qirollik oila a’zolari majburiyatlarini bajargan holda ularga belgilangan moliyaviy imtiyozlardan bosh tortib, mustaqil pul ishlab topishni xohlayotganini e’lon qilishgandi. Bukingem saroyi bu qadam muammolarni keltirib chiqarishi, ularni hal etish uchun vaqt talab etilishini ma’lum qildi.

«Ular hech kim bilan kelishmasdan shunday qarorga kelishgan. Bu protokolni buzadi. Bu – oilaga urush e’lon qilish... Qirolicha chuqur qayg‘uda. Uels shahzodasi (Charlz) va Kembrij gersogi (Uilyam) qattiq g‘azabda», — deyiladi manbada.

Yuqori darajali oila a’zolariga qirolicha, uning farzandlari, katta o‘g‘illari shahzodalar Uilyam va Garridan bo‘lgan nevaralari va ularning ayollari kiradi. Shahzoda Garri va Meganning bu davrani tark etish qarori monarxiya yuzini jiddiy o‘zgartirib yuboradi.

Shahzoda Garri avval ham, ayniqsa, paparatssi ta’qibi natijasida onasi, malika Diananing halokatidan so‘ng bunday martaba unga og‘irlik qilayotganini yashirib o‘tirmagan. Sobiq aktrisa, «Fors-major» (Suits) seriali yulduzi hisoblanmish Megan yaqinda qirollik oila a’zolari uchun shov-shuvli xabarni — o‘ziga bo‘lgan OAV tanqididan og‘ir tashvish chekayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring