Qirolicha Yelizaveta II yana buvi bo‘ldi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi Zara Tindoll uchinchi marta ona bo‘ldi. O‘g‘lining tug‘ilishi haqida Zaraning turmush o‘rtog‘i, regbi bo‘yicha Angliya terma jamoasi sobiq kapitani Mayk Tindoll Twitterdagi sahifasida 24-mart kuni ma’lum qildi.
Otaning so‘zlariga ko‘ra, bola 21-mart kuni dunyoga kelgan. 3750 kg vazn bilan tug‘ilgani qayd etilgan. Tindoll oilasi vakillari chaqaloqqa Lukas Filipp deb ism qo‘yishdi. Bola taxtni egallash bo‘yicha navbatda 18-o‘rinni egalladi. U Yelizaveta II ning yagona qizi malika Annaning nabirasi va Zaraning yagona o‘g‘li hisoblanadi.
Shu tariqa, Buyuk Britaniya qirolichasi 10 marta katta buvi bo‘ldi. Avvalroq, 2020-yil 9-fevralda Yelizaveta II to‘qqizinchi marta katta buvi bo‘lgandi – qirolichaning nabirasi, York malikasi Yevgeniya qirolichaning birinchi nevarasi tug‘ilishini ma’lum qildi.
Bu 30 yoshli malika Yevgeniyaning birinchi farzandi. Malikaning o‘zi Britaniya taxtiga merosxo‘rlik borasida 10-o‘rinni egallaydi. U qirolicha qizining o‘g‘li shahzoda Endryu va uning sobiq rafiqasi York gersoginyasi Sara Fergyusonning kenja qizi hisoblanadi.
Malika Yevgeniyaning o‘g‘li taxtga o‘tiruvchilar navbatida 11-o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter