Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston qarzini to‘lamasa, muhim ob’yektlar Xitoy nazoratiga o‘tadi

Qirg‘iziston qarzini to‘lamasa, muhim ob’yektlar Xitoy nazoratiga o‘tadi

Foto: «Vb.kg»

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov agar rasmiy Bishkek XXR oldidagi tashqi qarzini to‘lamasa, mamlakatdagi ba’zi muhim ob’yektlar Xitoy nazorati ostiga o‘tishi mumkinligini istisno qilmadi. Bu haqda «Kabar» Qirg‘iziston davlat axborot agentligi e’lon qilgan respublika rahbarining intervyusiga asoslanib «Rossiyskaya Gazeta» xabar berdi.

Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning tashqi qarzi bankka beriladigan oddiy kredit kabi tizim bo‘yicha to‘lanadi. Mabodo qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, ularni mol-mulk bilan to‘laydi. Shunday qilib Xitoy nazorati ostiga o‘tishi mumkin bo‘lgan inshootlar orasida Qirg‘iziston rahbari mamlakat shimolidagi eng yirik elektr inshooti — Bishkek issiqlik elektr stansiyasi, Datka-Kemin elektr uzatish liniyasi, shuningdek, respublikaning shimoli va janubidagi birlashtiruvchi yo‘l sanab o‘tilgan.

«Biz ular uchun pul oldik. Agar biz o‘z vaqtida to‘lamasak, ushbu ob’yektlarni boshqarish boshqa tomonga o‘tadi. Agar bu yetarli bo‘lmasa, unda ular boshqa bir ob’yektlarni olish huquqiga ega», — deya ta’kidlagan Japarov

Qirg‘iz prezidenti so‘zlariga ko‘ra, ushbu infratuzilma loyihalari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida kelishuvlar avvalgilar davrida tuzilgan hamda o‘zaro shartlar yumshoqroq bo‘lishi mumkin.

«Ammo biz qarzlarni o‘z vaqtida to‘layapmiz. 2020-yilning 31-dekabriga qadar biz 30 million dollar to‘lashimiz kerak edi. Bu mablag‘ni butunlay to‘ladik. Bu yil ham to‘lashimizga ishonamiz. Bizda mablag‘ manbalari mavjud», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot uchun Xitoy Qirg‘izistonning eng katta kreditori hisoblanadi. Bu respublikaning xorijiy kreditlari bo‘yicha majburiyatlarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. So‘nggi o‘n yil ichida XXR Qirg‘izistonga kreditlar miqdorini oshirib, bir qator yirik infratuzilma loyihalariga mablag‘ ajratdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring