Qirg‘iziston oliy ta’limida tibbiyot yo‘nalishida budjet o‘rinlari ko‘paytirildi
Qirg‘iziston ta’lim vazirligi uchta oliy ta’lim muassasasida tibbiyot yo‘nalishida budjetdan qo‘shimcha 90 ta o‘rin ajratdi. Bu haqda ta’lim vaziri o‘rinbosari Nodir Jusupbekova brifingda ma’lum qildi.
Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi, O‘sh davlat universiteti hamda Qirg‘iziston-Rossiya slavyan universitetida budjet hisobidan 70 nafar abituriyent «davolash ishi», 20 nafar abituriyent «tibbiyot-profilaktika ishi» yo‘nalishida talabalikka qabul qilinadi.
Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadigan ushbu talabalar kelgusida tahsilni «epidemiologiya», «infeksion kasalliklar» yoki «reanimatologiya» yo‘nalishlarida ordinaturada davom ettirishlari mumkinligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter