Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston kafe va restoranlarida chekish butunlay taqiqlandi

Qirg‘iziston kafe va restoranlarida chekish butunlay taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarini tamaki, nikotin iste’moli va atrofdagilarni tamaki tutuni va aerozol ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda «Sputnik Qirg‘iziston» ma’lum qildi.

Qonun tamaki chekish va tamaki mahsulotlarining barcha turlaridan foydalanishga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga qaratilgan. Uning mualliflari avvalroq tamaki iste’moli Qirg‘izistonda o‘lim va nogironlikning asosiy sababi ekanini bildirishgandi.

Xususan, qabul qilingan hujjatda jamoat joylarida sigaret va chilim chekish taqiqlanadi. Cheklov kafe va restoranlarga ham tegishli.

Bundan tashqari, qonun barcha turdagi tamaki mahsulotlarini reklama qilishni butunlay taqiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring