Qirg‘iziston davlat bayrog‘ini o‘zgartirmoqchi
Kecha, 28 sentyabr kuni Jogorku Kenesh «Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Tashabbuskorlar Jogorku Kenesh deputatlari Nurlanbek Shakiyev va Ulan Primovning fikricha, qonun loyihasi Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘ini takomillashtirishga qaratilgan.
Deputatlar Qirg‘iziston bayrog‘i markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan. Ular quyosh nurlarini tekis, to‘g‘ri qilib tasvirlashni taklif qilgan.
Hozirda Qirg‘iziston bayrog‘idagi quyosh nurlarining yangi ko‘rinishini ishlab chiqish uchun dastlabki bosqichda ushbu bayroqni ishlab chiquvchi mualliflar jalb qilingan. Ular matematik hisob-kitoblar, chizmalar va tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter