Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qayta sud: sobiq prezident 17 yilga qamaldi — Janubiy Koreya

Qayta sud: sobiq prezident 17 yilga qamaldi — Janubiy Koreya

Foto: «Hydra-journal.ru»

Koreya Respublikasi sudi sobiq prezident Li Myon Bakni 17 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Li Myon Bak korrupsiyaga oid jinoyatlar va o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi.

Sobiq prezident 17 yil qamalishdan tashqari, 15,7 mln. dollar atrofida jarima ham to‘laydi.

Li Myon Bak 16 ta band bo‘yicha ayblanib (soliq to‘lashdan qochish, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilish va boshqalar), 2018-yilning oktyabr oyida 15 yilga qamalgani haqida xabar bergandik. Ammo 2019-yilning mart oyida salomatligi yomonlashgani uchun sobiq prezident garov evaziga qamoqdan chiqarilgandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Milliy razvedka xizmati maxfiy jamg‘armalaridan xufiyona operatsiyalar uchun mo‘ljallangan jami 11 mlrd. vona ($9,3 mln.) mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan.

Ma’lumot uchun: ayni paytda 78 yoshni qoralagan Li Myon Bak 2008—2013-yillarda Koreya Respublikasi prezidenti bo‘lgan. U Janubiy Koreyaning jinoiy javobgarlikka tortilgan to‘rtinchi prezidenti hisoblanadi.


Mavzuga oid: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring