Qaysi vaksina «mashhurroq»?

«EADaily» yozishicha, «Sputnik V» (Rossiya) koronavirusga qarshi vaksinalar orasida eng ommalashgani va tanish osoni. Sayt Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, Britaniyaning «YouGov» kompaniyasi to‘qqiz mamlakatda 9417 kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan.
So‘ralganlarning 10 nafardan 7 nafari (74 foiz) Rossiya vaksinasidan xabardorligini bildirgan. Ko‘pchilik nisbatan yaxshiroq xabardor vaksinalar «top-3»ligiga «Pfizer/BioNTech» (69,2 foiz) va «AstraZeneca» (59,7 foiz) ham kirgan.
«YouGov» respondentlarining 54 foizi Rossiyani vaksinasiga ishonsa bo‘ladigan davlat sifatida tan olishini bildirgan. Respondentlarning 53,9 foizi AQShga, 48,4 foizi Buyuk Britaniyaga ana shunday ishonch bildirgan.
Qaysi vaksina bilan emlanishni istaysiz?
Bu savolga javoblardan bilish mumkinki, ko‘pchilik «Pfizer/BioNTech»ni xohlamoqda — so‘ralganlarning 36,6 foizi. Rus vaksinasini istovchilar — 33,2 foiz, respondentlarning 26,5 foizi «SinoVac» (Xitoy) vatsinasi bilan emlanishga tayyorligini bildirgan.
Ushbu so‘rov 18-fevraldan 3-martga qadar Hindiston, Braziliya, Meksika, Filippin, Vetnam, Argentina, Jazoir, BAA va Serbiya kabi Yer sharining 2 mlrd.dan ziyod aholisi yashovchi mamlakatlarida o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter