Qadimgi mayyalarni qirib yuborgan dahshatli halokat aniqlandi
San’at, me’morchilik, matematika, astronomiya va fanning boshqa cho‘qqilarini zabt etgan qadimgi mayyalar tamadduni halokatiga nima sabab bo‘lgan? Olimlar hanuz buni aniqlashga urinishyapti.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar mayyalar halokatiga qisman vulqon sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda «Gizmodo» yozmoqda.
Olimlar zamonaviy Salvadordagi Ilopango vulqoni otilgan vaqtni aniqlashdi. Taxminan 1589 yil burun sodir bo‘lgan tabiiy ofat halokatli bo‘lgan. Olimlarga ko‘ra, vulqon uyg‘onishi oqibatida 50 kub kilometr magma otilib, 2 million kvadrat kilometr (O‘zbekiston hududidan to‘rt baravar ko‘p) maydonni kul qoplagan. Mayyalar umrguzaronlik qilib kelgan yerlarni Ilopango bir necha o‘n yillar yashab bo‘lmaydigan holatga keltirgan.
Iqlim o‘zgarishlarini o‘rganuvchi geolog Gerald Xaug mayyalar tamadduni inqiroziga qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida 2012-yilda yozgandi. Tadqiqotlarga ko‘ra, milodiy 800-950-yillar oralig‘ida bu yerlarda yog‘in miqdori 25-40 foizga kamayib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter