Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning Ukrainadan keyingi «nishoni» taxmin qilindi

Putinning Ukrainadan keyingi «nishoni» taxmin qilindi

Amerikaning Urushni tadqiq qilish instituti (ISW) o‘zining hisobotida Rossiya prezidenti bayonotlarini tahlil qildi.

«Bizni so‘nggi bir yarim yil davomida erishgan yutuqlarimizdan voz kechishga undashga urinishyapti. Lekin bu mumkin emas. Bu mumkin emasligini hamma tushunadi», — dedi Putin 16 yanvar kuni e’lon qilgan bayonotida.

«Putin Rossiyaning Ukraina bilan vijdonan muzokaralar olib borishdan manfaatdor emasligini va Ukrainadagi maksimalistik maqsadlari, ya’ni G‘arbning taslim bo‘lishini istayotganini ko‘rsatishda davom etmoqda», — xulosa qiladi ISW.

Putin shuningdek, «hozir Latviyada va boshqa Boltiqbo‘yi respublikalarida sodir bo‘layotgan voqealar, rus xalqini chetga surish, bu bizning mamlakatimiz xavfsizligiga bevosita ta’sir qiladigan juda jiddiy hodisalar», dedi. U Latviya rasmiylarining belgilangan muddatda ruxsatnoma olmagan Rossiya fuqarolarini mamlakatdan deportatsiya qilish rejalariga shunday munosabat bildirgan.

«ISW Rossiyaning Boltiqbo‘yi davlatlariga hujum qilishi kutilayotgani yoki ehtimoli borligi haqida hech qanday alomatni kuzatmagan, biroq Putin o‘z «yurtdoshlarini» himoya qilish niqobi ostida Rossiyaning xorijdagi bo‘lajak tajovuzkor harakatlari uchun axborot hurujlarini yaratayotgan bo‘lishi mumkin», — deydi institut tahlilchilari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring