Putinning sobiq oshpazi bosh ko‘targani aytilmoqda
Kecha, 23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin chiqish qilib, Mudofaa vazirligini «Vagner» harbiylarining orqa lagerlariga raketa hujumida aybladi va «bu vahshiylikka javob qaytarishga», armiya hamda umumiy Rossiyada «adolatni tiklashga» va’da berdi.
Prigojinning matbuot xizmati kanalida ikkita ovozli xabar paydo bo‘ldi. Birinchisida u agressiv tonda Mudofaa vazirligining «vahshiyligiga javob berishga» va’da bergan. Ikkinchisida esa nisbatan neytral ohangda bu ishni amalga oshirganlar albatta jazolanib butun Rossiya bo‘ylab adolat tiklanishini, hozirda birlamchi maqsad mamlakat himoyasini saqlash ekanini aytib, barchani xotirjamlik saqlashga chaqirgan.
Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi Prigojinning bayonotini rad etdi. Biroq Prigojin Rostov-Don shahridan «Vagner» bazasiga hujumni shaxsan Shoygu nazorat qilganini aytdi.
«Bu harbiy to‘ntarish emas, bu adolat yurishidir. Bizning harakatlarimiz qo‘shinlarga hech qanday tarzda xalaqit bermaydi», — degan Prigojin.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Prigojinning bayonoti tufayli qurolli to‘ntarishga chaqirish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Shundan so‘ng Rossiyaning «Vagner» jangchilari joylashgan DXR va LXR bilan chegarasida yuqori harbiy tayyorgarlik e’lon qilindi.
Shuningdek, Rostov shahrida ham harbiy holat e’lon qilingan. Moskvadagi muhim ob’yektlar qo‘riqlanishi kuchaytirilgan, Moskva ko‘chalarini harbiy texnikalar egallayotgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter