«Putinning odami» Rossiya va Ukraina prezidentlariga murojaat qildi

Ukraina xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan siyosatchi Viktor Medvedchuk Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyga videomurojaat yo‘lladi.
U nutqida o‘zini Mariupol shahrida qamalda qolayotgan ukrain harbiylari va tinch aholiga almashtirishni so‘radi.
Medvedchukning nutqi Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy maxsus operatsiya sabab Putinning yaqin odami sifatida ko‘riladigan Medvedchuk qochish vaqtida qo‘lga olinganini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter