Putinning murojaati 21-sentyabrda, Uzoq Sharq uyg‘onganidan so‘ng namoyish etiladi — Forbes
Prezident Putin 20-sentyabr kuni rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilayotganini yozgandik.
Katta ehtimol bilan millionlab odamlar kutgan murojaat 21-sentyabrga ko‘chirildi.
Forbes prezident administratsiyasidagi o‘z manbalariga asoslanib, quyidagi mazmunda xabar tarqatdi: «Putinning yozib olingan murojaati 21-sentyabrda, Uzoq Sharq uyg‘onganidan so‘ng namoyish etiladi».
Shuningdek, Kremlga yaqin siyosatchi Sergey Markov Putinning efiri ertaga (bizning vaqt bilan bugun — 21-avgustga) qoldirilgani haqida xabar bergan.
Rossiyalik targ‘ibotchi Vladimir Solovyov o‘z telegram-kanalida birgina — «ertaga» so‘zini yozib qoldirdi. Yana bir targ‘ibotchi Margarita Simonyan esa «uxlashni» tavsiya qildi.
RT va Birinchi (Perviy) kanal translyasiya anonslarini o‘chirib tashladi.
Kreml puli jurnalisti Dmitriy Smirnov o‘z telegram-kanalida aniqroq ma’lumot berdi: «Soat sakkizlarda turing».
Jurnalistlarning eng asosiy manba — Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan aloqaga chiqishga urinishlari behuda ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter