Putin Zelenskiy borasida keskin fikr bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy borasida keskin fikr bildirdi.
«Mening yahudiy do‘stlarim Zelenskiy yahudiy emas, balki yahudiy xalqi uchun sharmandalik ekanini aytishadi», dedi u.
Putin Zelenskiy o‘z harakatlari bilan «neonatsistlarni yashirayotgani»ni ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga hujumi «neonatsistlarga qarshi kurash» sifatida iddao qilinadi.
Shuningdek, iqtisodiy forumda Putin tinchlik muzokaralariga tayyorligini ta’kidlagan. Ukraina tomoni esa, Rossiya bosib olingan hududlardan chiqib ketmaguncha muzokaralar bo‘lmasligini ta’kidlab keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter