Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin yadro urushi haqidagi savolga javob berdi

Putin yadro urushi haqidagi savolga javob berdi

Foto: Pixabay / TVC

«Yadro quroli mavjud ekan, uni qo‘llash xavfi doim saqlanib qoladi». Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» klubidagi bugungi chiqishida shunday dedi.

Putinning aytishicha, hozir yadroviy tahdidlar to‘g‘risidagi gap-so‘zlar bachkanalashib ketdi. G‘arb esa Rossiyaga qarshi qo‘shimcha dalillarni qidirish bilan ovora, dedi u.

Rossiya yadro qurolini qo‘llashi mumkinligi haqida hech qachon va hech qanday tashabbuskor bayonot bermagan, dedi Putin.

Putinning ta’kidlashicha, Ukrainaga yadroviy zarba berish Rossiyaga kerak emas. Buning na siyosiy, na harbiy ahamiyati bor, dedi u.

U «iflos bomba» masalasiga ham to‘xtaldi. Aytishicha, Sergey Shoygu (Rossiya mudofaa vaziri)ga xorijlik hamkasblariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni potensial xavfdan ogohlantirishni buyurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring