Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Xitoyga safar qilishi ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh?

Putin Xitoyga safar qilishi ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh?

Rossiyaning Xitoydagi sobiq elchisi, Federatsiya Kengashining Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Andrey Denisovning aytishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga 2023-yil oktabr oyida kelishini kutmoqda.

Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

«Si Szinpin Valentina Ivanovna Matviyenko bilan uchrashuvda Xitoy tomoni Rossiya prezidentining oktyabr oyida kutilayotgan «Bir kamar, bir yo‘l» forumida ishtirok etish uchun kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi», — dedi diplomat.

Uchrashuvda nimalar muhokama qilinishi hozircha ochiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Putin va Si Szinpin oxirgi marta mart oyida Xitoy liderining Moskvaga tashrifi davomida uchrashishgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring