Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Xavfsizlik kengashi bilan Isroilning Suriyaga bergan aviazarbalarini muhokama qildi

Putin Xavfsizlik kengashi bilan Isroilning Suriyaga bergan aviazarbalarini muhokama qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muzokara olib borishidan avval Rossiya xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan Suriyadagi vaziyatni, shu bilan birga, Isroilning ushbu davlatga bergan tungi aviazarbalarini muhokama qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Davlat rahbarining matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi Dmitriy Peskovning aytishicha, majlis kun tartibidan Rossiyaning qator ichki masalalari ham o‘rin olgan. «Yig‘ilish qatnashchilari G‘alaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklashdi», – deydi Peskov.

Yig‘ilishda bosh vazir Dmitriy Medvedev, har ikkala palata spikerlari – Valentina Matviyenko va Vyachevlav Volodin, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Kreml ma’muriyati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Anton Vayno, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev, Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov, Rossiya tashqi razvedka xizmati boshlig‘i Sergey Narishkin hamda prezidentning transport, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifasini bajaruvchi Sergey Ivanov ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring