Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Erdo‘g‘on uchrashadigan sana ma’lum bo‘ldi

Putin va Erdo‘g‘on uchrashadigan sana ma’lum bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 4 sentyabr kuni Sochiga rasmiy tashrif bilan boradi va u yerda Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda turk diplomatik manbasiga tayanib, «TASS» xabar berdi.

«Prezidentlarning uchrashuvi Rossiyada rejalashtirilgan. Ehtimoliy sana — 4 sentyabr, Sochida», dedi agentlik suhbatdoshi.

Avvalroq Turkiyaning Yeni Şafak  gazetasi Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvining asosiy mavzusi g‘alla kelishuvi va uni qayta tiklash bo‘lishini yozgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring