Putin Suriyaning yangi rahbari bilan gaplashdi: nimalar ma’lum?

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriya muvaqqat prezidenti o‘rtasidagi telefon suhbati haqida xabar berdi.
Suriyada Kreml tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan ikki oy o‘tib, Vladimir Putin mamlakatning yangi muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi.
Kreml veb-saytida berilgan bayonotda, ikki yetakchi «Suriyadagi mavjud vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashgani» aytilgan. Vladimir Putin Suriya muvaqqat prezidentiga «Suriya xalqi manfaati yo‘lida muammolarni hal qilishda muvaffaqiyat» tiladi, shuningdek, Moskva «Suriyadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga yordam berishga, jumladan, uning aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatishga» tayyorligini tasdiqladi.
Kreml bayonotida Putin va ash-Sharaa Moskvaning Tartusdagi dengiz porti va Xmeymim aviabazasini saqlab qolish masalasini muhokama qilgani aytilmagan. Hozircha Moskva harbiy bazalarini saqlab qolish bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmadi.
Shundan so‘ng Suriya hukumati o‘z bayonotida Rossiyadan «kompensatsiya, rekonstruksiya va reabilitatsiya kabi aniq choralar» ko‘rishini kutayotganini aytdi. Natijada tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.
Suriya tomoni Rossiya prezidenti bilan telefon muloqoti haqida hozircha xabar bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter