Putin Poroshenko bilan muloqot qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Petro Poroshenko bilan telefon orqali muloqot qilib, Donbassdagi vaziyat keskinlashganidan afsusda ekanini aytgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
«Rossiya tomoni Ukrainadagi ichki ziddiyatlarni siyosiy yo‘l bilan hal etish uchun asos sifatida 2015-yilgi «tadbirlar majmui»ning muqobilini tasdiqladi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, rahbarlar Ukrainadagi YeXHTning maxsus kuzatuv missiyasini himoya qilish bo‘yicha BMT missiyasini tashkil etish yuzasidan Rossiya tashabbusi amalga oshirilishi to‘g‘risida fikr almashdilar.
Kremlning aytishicha, bu muloqot Ukrainaning tashabbusi bilan o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter