Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin nima sababdan Zelenskiy bilan uchrashmasligi izohlandi

Putin nima sababdan Zelenskiy bilan uchrashmasligi izohlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasiga bog‘liq. Bu haqda Putin Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qilgan.

«Sharl Mishelning Vladimir Zelenskiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish haqidagi chaqirig‘iga Rossiya prezidenti javob berdi. Uning ta’kidlashicha, bunday imkoniyat, xususan, Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida davom etayotgan muzokaralardagi aniq natijalarga bog‘liq bo‘lib, bunda Ukraina tomoni hozircha o‘zaro maqbul yechimlarni izlashga tayyor emas», — deyiladi Kreml saytida.

Zelenskiyning o‘zi esa bir necha bor Putin bilan har qanday formatda uchrashishga tayyorligini va uchrashuvda nimalarni muhokama qilishini ham aytgan edi.

Ikki davlat prezidentlari faqatgina bir marta — 2019-yil dekabr oyida, Normand sammitining Parijdagi yig‘inida uchrashishgan xolos. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring