Putin nega niqob taqmaydi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ommaviy tadbirlarda himoya niqobisiz yurishining sababini uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov izohladi.
Peskovning aytishicha, Putin bilan yuzma-yuz muloqotlashadigan barcha odamlar oldindan koronavirus testini topshirgan va karantindan o‘tgan bo‘lishadi.
«Gap shundaki, prezident atrofida tegishli xafsizlik choralari ko‘riladi, bu hech kimga sir emas. Prezident bilan muloqot qiluvchi odamlar bir necha marta kovid-testdan o‘tishadi, ba’zilari qanchadir kun karantinda o‘tirishlariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham, albatta, prezident, muayyan vaqtlarda, ayniqsa ommaviy tadbirlarda, niqob taqmaydi. Biroq bu to‘liq xavfsizlik choralari ko‘rilmayapti degani emas», — ta’kidladi Kreml vakili.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyun oyida Braziliya Federal sudi mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruga jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini yuklagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter