Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin «muqobili yo‘q» gipertovushli raketa sinoviga ruxsat berdi

Putin «muqobili yo‘q» gipertovushli raketa sinoviga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Sirkon» gipertovushli raketa tizimi bilan qurollangan «Admiral Gorshkov» fregatining jangovar xizmatga kirish marosimida videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu majmuaning «muqobili yo‘q».

— Ishonchim komilki, bunday kuchli qurollar Rossiyani potensial tashqi tahdidlardan ishonchli himoya qiladi va mamlakatimiz milliy manfaatlarini ta’minlashga yordam beradi, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Fregat Atlantika va Hind okeanlari, shuningdek, O‘rta yer dengizi bo‘ylab dengiz safariga chiqdi, dedi marosimda ishtirok etgan mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

— «Admiral Gorshkov» «dengizdagi va quruqlikdagi dushmanga» aniq zarbalar berishga qodir, «Sirkon» raketalari esa «har qanday zamonaviy havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab o‘tishga qodir», dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fregat ekipaji mashg‘ulotlar davomida gipertovushli qurollar va uzoq masofali qanotli raketalardan foydalanishni sinovdan o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring