Putin Mo‘g‘ulistonga borganda qamalishi mumkin
Kreml matbuot xizmati 3-sentyabr kuni prezident Vladimir Putin Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrif bilan borishini ma’lum qildi.
Agar bu reja o‘zgarmama (Kremlning rasmiy e’lonlaridan keyin ma’lumotlar kamdan-kam o‘zgaradi), bu Putinning Gaagada Xalqaro jinoiy sudni qarorini tan oladigan davlatga ilk tashrifi bo‘ladi. Ushbu tashkilot tergovchilari 2023-yilning mart oyida Rossiya prezidentini qamoqqa olishga order bergandi.
XJSga a’zo davlatlar rasmiy ravishda buyruqni bajarishga majburiy etib belgilangan.
Ma’lumki, 2023-yilda Putin BRIKS sammitida qatnashish uchun Janubiy Afrikaga bormadi. O‘shandan beri Putin borgan barcha mamlakatlar Rim statusini tan olmaydi, biroq Mo‘g‘uliston 2002-yildan buyon uning a’zosi sanaladi.
Mo‘g‘uliston dengizga chiqa olmaydi va faqat Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh, faraziy jihatdan bu Putinni hibsga olish va ekstraditsiya qilib Gaagaga olib kelish jarayonini murakkablashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter