Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin koronavirusga qarshi emlangach u yerga borishga va’da berdi

Putin koronavirusga qarshi emlangach u yerga borishga va’da berdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19ga qarshi emlangandan so‘ng Koreya Respublikasiga borishga tayyorligini bildirdi, deya xabar berdi Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati.

Administratsiyaning ma’lum qilishicha, Putin koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan telefonda suhbatlashgan.

«Men Janubiy Koreyaga boraman... Rossiya vaksinasini shaxsan qabul qilgach, boraman», — deya RF prezidentining so‘zlarini keltirgan matbuot xizmati. Mun Chje In COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgach, ikkitomonlama munosabatlarni rivojlantirishni muhokama qilish uchun Rossiya rahbarini Seulga taklif qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring