Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin don shartnomasini qayta tiklash uchun shartlarni e’lon qildi

Putin don shartnomasini qayta tiklash uchun shartlarni e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin don shartnomasini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan 6 shartlarni aytib o‘tdi. Agar shu shartlar qondirilsa, Rossiya don kelishuviga qaytadi.

Putin qo‘ygan shartlar: Rossiya don va o‘g‘itlarini jahon bozoriga yetkazib berish bo‘yicha sanksiyalardan chiqarish, Rossiya banklarini SWIFT tizimiga qayta ulash va ular uchun barcha cheklovlarni bekor qilish.

Bundan tashqari, Putin qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar importini qayta yo‘lga qo‘yishni, Rossiya kemalarining yuk tashish va sug‘urtasi masalasini hal qilishni, Tolyatti-Odessa ammiak quvurining ishlashini tiklashni talab qilgan.

«Bizga qandaydir va’dalar yoki g‘oyalar kerak emas, bizga ushbu shartlar bajarilishi shart. Shunda biz kelishuvga qaytamiz», – degan Putin.

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vladimir Putin bilan don kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga umid qilayotganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 17 iyul kuni Qora dengiz tashabbusi (don kelishuvi)dan chiqdi va Ukraina portlarini o‘qqa tutdi.

Qora dengiz tashabbusi 2022 yil 22 iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan bo‘lib, ushbu kelishuv Ukrainadan don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring