Putin BRIKS doirasida Si Szinpin bilan uchrashadi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Afrika Respublikasida tashkil etiladigan BRIKSning (ing. BRICS – Brazil, Russia, India, China, South Africa) o‘ninchi sammitida qatnashishi haqda xabar bergan edik. Sammit doirasida Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lumotlariga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, ikkala davlat rahbarlarining uchrashuvi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Putin – Si Szinpin uchrashuvi norasmiy doirada, tushlik payti o‘tkaziladi.
Rossiya va Xitoy rahbarlari barcha yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter