Putin «Bayraktar»ga jiddiy qiziqib qoldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning «Bayraktar» dronlarini ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik qilishni istamoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
«Putin menga Baykar shirkati bilan hamkorlik qilish niyati borligini aytdi. U Rossiyada zavod ochishni taklif qildi», dedi Erdo‘g‘on.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni tasdiqladi. U «Bayraktar» dronlarini Rossiyada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish Putinning kun tartibida ekanini aytdi.
Avvalroq Baykar direktori Haluq Bayraktar CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaga dron sotish niyatida emasligini bildirgandi.
Turkiyada ishlab chiqarilgan «Bayraktar» dronlaridan Ukraina armiyasi foydalanib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu shirkatning egasi Selchuk Bayraktar Turkiya prezidentining kuyovidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter