Pushkin haykalini buzib tashlashdi
Nodonlar buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkinning Ukrainaning Lvov viloyati Zolochev shahrida o‘rnatilgan haykalini buzib tashlashdi. Bu haqda Zolochev shahri meri Igor Grinkiv ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Nodonlar Zolochev shahridagi Pushkin haykalini buzib tashlashibdi. Bu juda sharmandali holat. Bunga nodonlarni nima majbur qildi ekan-a?! Bizning oramizda radikal kayfiyatdagi kishilar yo‘q-ku. Politsiyaga xabar berishga tayyorlanayapman, – deb yozadi Grinkiv o‘zining «Facebook»dagi sahifasida.
Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, shahar kengashi deputatlari Pushkin va qahramonlar nomidagi xiyobonning nomini o‘zgartirishni muhokama qilishni rejalashtirishayotgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter