Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prigojinning isyoni ortidan ochilgan ish yopilgani yo‘q – Bosh prokuratura

Prigojinning isyoni ortidan ochilgan ish yopilgani yo‘q – Bosh prokuratura

Yevgeniy Prigojinning qurolli isyoni ortidan unga qarshi ochilgan jinoiy ish tugatilgani yo‘q. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasidagi manbasiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, «Vagner» XHSh asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘tgan hafta shanba kunidagi qurolli isyonidan so‘ng mamlakat Bosh prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi. Unga ko‘ra, Prigojinga nisbatan qurolli qo‘zg‘olon uyushtirish fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 279-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Rossiyada ushbu jinoyat uchun aybdor 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prigojinning qurolli isyonga urinishi bilan bog‘liq vaziyat hal etilganidan so‘ng, unga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangani aytilgan edi. Ayni paytda esa uning qayerda ekanligi noma’lum. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring