Prigojin Lukashenko bilan kelishgani aytilmoqda
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko vagnerchilar rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara o‘tkazib, uni to‘xtashga ko‘ndirgani aytilmoqda. Belarus prezidenti matbuot xizmati shunday bayonot bilan chiqqan.
Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbiga Rossiya janubidagi vaziyat haqida ma’lumot bergan. Davlat rahbarlari birgalikdagi harakatlarga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Yevgeniy Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning «Vagner» shirkati qurolli shaxslarining Rossiya hududida harakatlanishini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish bo‘yicha keyingi choralarni ko‘rish taklifini qabul qilgan.
Ayni paytda «Vagner» jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Putin Prigojinning harakatlarini «xiyonat» deya atagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter