Prezidentlik poygasi: Trampning raqibi aniq bo‘ldi
![Prezidentlik poygasi: Trampning raqibi aniq bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4115142778.jpg)
Senator Berni Sanders AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/22/720__EQamG1xfeMzMGI2ZGC5T53Rf_bDOTmwm.jpg)
Sanders Demokratlar partiyasidan boshqa bir nomzod, sobiq vitse-prezident Jo Baydenning deyarli yagona raqibi edi. Sandersning «o‘yindan chiqishi» endi hech kim Baydenga prezidentlik saylovlarida Demokratlar nomidan nomzodini qo‘yishiga to‘siq bo‘la olmasligini anglatadi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/22/720__mNYsYGJxzu4j2K_McxWm5_d0ARCRUK9d.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter