Abxaziya bosh vaziri YTHda halok bo‘ldi
Abxaziyaning bosh vaziri Gennadiy Gaguliya Guduat tumanida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, mamlakat prezidenti rasmiy tashrif bilan Suriyaga borgan va hukumat rahbarining korteji Suriyadan qaytayotgan bo‘lgan. Gaguliyaning mashinasi to‘g‘ridan chiqib qolgan avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Hukumat korteji ortidan kelayotgan delegatsiyaning asosiy tarkibi jabrlanmagan. Vafot etgan bosh vazirdan tashqari mashinadagi yana ikki kishi jarohatlangan.
Abxaziya prezidenti matbuot kotibi Naala Avidzba bosh vazirning o‘limini hech qanday suiqasdga aloqasi bo‘lmagan baxtsiz hodisa ekanini ma’lum qildi.
Gennadiy Gaguliya mamlakat bosh vaziri etib 2018 yilnigg 24 aprelida tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter