Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: Yer yuzida yangi okean paydo bo‘ladi

Olimlar: Yer yuzida yangi okean paydo bo‘ladi

Foto: «Avto.goodfon.ru»

5-10 million yildan so‘ng Afrikaning sharqiy qismida tektonik yoriqlar natijasida yangi okean yuzaga kelishi mumkin, deydi amerikalik va britaniyalik olimlar. Bu haqda «NBC News» xabar bergan.

2005-yilda Efiopiya hududi sahrosidagi Afar hafzasi qayd etilgan. Uning uzunligi 56 kilometrni tashkil etadi. Britaniyaning Lids universiteti olimi Kristofer Murning so‘zlariga ko‘ra, bu joydagi kontinental rift okeanik riftga aylanadi.

Kaliforniyadagi Santa-Barbara universiteti geofizigi Ken Makdonaldning fikricha, yoriq paydo bo‘lgach million yillardan so‘ng Aden ko‘rfazi va Qizil dengiz Sharqiy-Afrika rift vodiysini suvga cho‘ktiradi. Buning natijasida yangi okean yuzaga keladi. Afrikaning sharqiy qismi esa o‘z navbatida alohida kichik qi’taga aylanadi, deya ta’kidlaydi olim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring