Poraxo‘rga — o‘lim jazosi. Prezident Vidodo: «Men xalq tomonidaman»
9-dekabr — korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kunida talabalar bilan uchrashgan Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga talabalardan biri shunday savol berdi: «Nega korrupsiyada qo‘lga olingan jinoyatchilarga o‘lim jazosi yo‘q?».
«Agarda xalqning xohishi jinoyat kodeksiga yoki korrupsiya to‘g‘risidagi qonunga buni (o‘lim jazosini) kiritish ekan, amalga oshirsa bo‘ladi», — deya javob berdi Vidodo.
Prezident shuni ham qo‘shimcha qildiki, aslida 2001-yildagi qonunga ko‘ra, mamlakatda korrupsiya uchun o‘lim jazosi belgilangan, faqat tabiiy ofatlar yoki mamlakat uchun xavfli boshqa holatlar, masalan, iqtisodiy yoki valyuta inqirozlari chog‘i ushbu choraga qo‘l urishga ruxsat etilgan.
Ma’lumot uchun: Indoneziya narkotiklar, qotilliklar va terrorizm uchun o‘lim jazosi qo‘llaniluvchi oz sonli mamlakatlardan biri. Vidodoning prezidentlik yillarida narkotiklar savdosi bilan shug‘ullangan 18 nafar mahkumga, ularning orasida chet elliklar ham bo‘lgan, o‘lim jazosi qo‘llangan, oqibatda ayrim xorij mamlakatlarida Indoneziyadan o‘lim jazosini bekor qilishni talab qilib, norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.
Dunyoning 2019 yildagi «O‘lim jazolari xaritasi»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter