Polshada gripp tufayli 28 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Polshada mavsum boshlangandan beri oddiy gripp virusi tufayli qariyb 30 kishi halok bo‘ldi, deydi Polsha Sog‘liqni saqlash vaziri Lukash Shumovskiy «RMF FM» radiostansiyasi efirida.
Hozirga qadar Polshada birorta ham koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmadi.
«Polshada ushbu mavsumning o‘zida 28 kishi grippdan vafot etdi. 11 ming kishi shifoxonaga yotqizildi», — deydi Shumovskiy.
Polshalik vazir COVID-19 koronavirusi haqida to‘xtalar ekan, «virusni yuqtirganlar jiddiy kasal bo‘lsa kerak», degan fikrni ilgari surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter