Polsha Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni mamlakatga kirishini taqiqladi
Polsha 17 sentyabr, yakshanba kuni (bugun)dan boshlab Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtomobillarni o‘z hududiga kirishini taqiqladi.
Polsha ichki ishlar vazirligi rahbari Mariush Kaminskiy Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar, hatto ularni boshqa davlat fuqarolari boshqarayotgan bo‘lsa ham, mamlakatga kiritilmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, oldinroq bunday taqiq Germaniya, Finlyandiya, Litva, Latviya va Estoniya tomonidan kiritilgan edi.
Shunday qilib, Rossiya bilan chegaradosh Yevropa davlatlaridan faqat Norvegiya (Yevropa Ittifoqi a’zosi emas, lekin sanksiyalarga qo‘shilgan) hali bunday cheklovlarni qo‘llab-quvvatlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter